Qizil kitobga kiritilgan morxo‘rlar ovlandi

Date:

Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekistonda suratga olingan ov jarayoni videosi e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ov 1 yil oldin uyushtirilgan.

Filmdan ko‘rinishicha, ovchi va tasvirga olish guruhi Surxondaryo viloyati hududida, tog‘li manzilda bo‘lishgan. Ovchi 2 bosh morxo‘r (tog‘ echkisi) hamda bitta bo‘rini ovlagan. Morxo‘rlardan biriga ikki bor o‘q uzilgan, ikkinchisi bitta o‘q tekkandayoq yiqilgan.

Qizil kitobga kiritilgan jonivorlarni ovlash uchun ruxsatnoma qonunchilikda ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirgandan keyin beriladi. Chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar bir bosh morxo‘rni ovlash uchun 25 ming AQSH dollari to‘lashi belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun