Jarimalar belgilandi

Date:

Suv olish tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar belgilandi. Suv olish tartibining buzilishi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanganidan keyin 1 yil ichida takroran sodir etilganda, ushbu moliyaviy sanksiyalar 5 baravar miqdorda qo‘llanadi.

 Yangi qabul qilingan Suv kodeksiga ko‘ra, baliq xo‘jaligi, sanoat, energetika va xo‘jalik-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi yuridik shaxslar tomonidan buzilganda, ularga nisbatan quyidagi miqdorlarda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanadi. Jumladan, suvdan foydalanuvchilar belgilangan limitdan ortiq olgan har ming kub metr suv uchun – BHM 20 foizi, suvdan foydalanuvchilar suv olish shartnomalari tuzilmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun – BHM 30 foizi, suvdan foydalanuvchilar suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun – BHM 5 foizi, suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suvdan foydalanuvchilar suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomasiz olgan har ming kub metr suv uchun – BHM 40 foizi miqdorida jarima to‘laydi.

Suv olish tartibining buzilishi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanganidan keyin 1 yil ichida takroran sodir etilganda, ushbu moliyaviy sanksiyalar 5 baravar miqdorda qo‘llanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun