Issiqxonasi borlar qo‘llab-quvvatlovda

Date:

Endilikda issiqxona xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi.

ichki bozor bilan bir qatorda eksportga ham mahsulot yetishtirish majburiyatini olgan, tabiiy gazda ishlayotgan issiqxonalarga qishki mavsumda gaz kafolatli hajmda beriladi;

ko‘mir yoki boshqa muqobil isitish tizimida ishlayotgan hamda eksport majburiyatini olgan issiqxonalarga ham tabiiy gazga qaytish imkoni beriladi;

aylanma mablag‘ yetarli bo‘lishi uchun oldindan to‘lov oktabr-mart oylariga 50 foiz qilib belgilanadi. Bunda, issiqxonalar gaz korxonalari bilan 1 oktabrgacha shartnoma imzolaydi;

tabiiy gazdan ko‘mir yoki boshqa muqobil isitish tizimiga o‘tgan issiqxonalarga ajratilgan kredit muddati uzaytirib beriladi;

issiqlik nasoslari texnologiyalarida ishlaydigan issiqxona tashkil qilganlarga xarajatlarning 20 foizgacha qismi, bu ishlar kredit hisobidan bo‘lsa, kredit stavkasini 4 foizi qoplab beriladi.

Bundan buyon issiqxonalar, toifasidan qat’i nazar, yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlari stavkasida to‘lashi belgilandi. 

2028-yilga qadar issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi.

Soliq qo‘mitasiga butun tizimi, tahliliy va aql markazlarini safarbar etib, issiqxonalardan qisqartirilgan gaz qaysi sohalarga yo‘naltirilgani va ularning samaradorligini o‘rganish, agar gaz berilgan boshqa sohalarda qo‘shilgan qiymat kam bo‘lsa, gazni issiqxonalarga yo‘naltirish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun