Vazifalar ijrosi qay holatda?

Date:

Boysun tumani so‘ngi yillarda nafaqat turizm bo‘yicha, balki barcha jabhada rivojlanish, o‘zgarish va yangilanish bosqichida. Tumanda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, hudud katta qurilish maydoniga aylangan. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Boysun tumanida bo‘ldi.

Tashrif doirasida “Temir darvoza” mahallasida 330 o‘rinli yangi maktab binosi hamda 12×24 o‘lchamdagi sport zali qurilishi, shuningdek, Darband-Machay qishlog‘ida Termiz davlat universitetiga qarashli “Darband” o‘quv-amaliyot direksiyasi loyihasi ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari, “Darband–Denov” yo‘nalishi bo‘yicha 4R105 “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yo‘lining 5-70 km qismini rekonstruksiya qilish ishlari o‘rganildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi va avtomobil yo‘llari boshqarmalari tomonidan yo‘llarni rekonstruksiya qilish, xavfsizlikni ta’minlash hamda yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Shu bilan birga, piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Yakunda tuman hokimligida qurilish sohasidagi vazifalar va amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosi muhokama qilindi. Mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, har bir loyihani sifatli va belgilangan muddatda amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun