Uy-joy bilan ta’minlandi

Date:

Vatan ostonadan boshlanadi deya bejiz aytishmagan. Ayni ostonamiz, pastak tomli uyimiz, boshpanamiz — Vatandir. Har birimiz ana shu vatanda o‘zimizni xotirjam, erkin his etamiz. Tup yozib, palak otamiz. Afsuski, hamma ham ana shunday imkoniyatga ega emas. Ammo yurtimizda hech kimning ko‘ngli o‘ksishiga, imkonsiz qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qo‘llab-quvvatlovda, g‘amxo‘rlik va e’tiborda bo‘ladi.

Termiz tuman prokurori Yodgor Bozorov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-avgustdagi 656-sonli Qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida tumanda yashovchi voyaga yetgan chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash holati o‘rganildi. Ushbu jarayonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida mutasaddi tashkilotlar va mas’ul shaxslarga belgilangan vazifalarni samarali bajarish, huquqiy asosda yechimlar taklif etish hamda har bir yoshga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ayni paytda ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda. Bu esa davlatning yolg‘iz va yordamga muhtoj yoshlarga bo‘lgan doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligidan dalolat beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun