SABR

Date:

Muallim sinfxonaga kirdi. Shovqin ko‘tarayotgan bolajonlar birdan jim bo‘lishdi. Ustoz o‘rniga joylashib, o‘quvchilardan:

– Qani ayting-chi, sabr nima? — deb so‘radi.

Bilag‘on o‘quvchilar sabr haqida o‘z fikrlarini aytishga kirishishdi. Kimdir sabrni sariq oltin dedi, boshqasi uni jasoratga tenglashtirdi.

Ularning javobini tinglagan muallim: “Yashanglar, to‘g‘ri fikrlarni aytdingiz. Endi esa menga diqqat qilinglar!” dedi-da, o‘zi bilan olib kelgan tuvakdagi gulni ko‘rsatib, uning qurigan barglarini yulib tashladi. O‘simlik bir zumda ko‘rimsiz holga keldi. Keyin muallim o‘simlikka suv quydi va dedi:

– Mana shu o‘simlikning yangi barglari o‘sib chiqqunicha bo‘lgan davr – sabrdir! Agar qurigan barglar olib tashlanmaganida, yangisi o‘sib chiqmasdi. Sabr ham shunday, avval musibatdek ko‘rinadi-yu, keyin esa asta sekinlik bilan yaxshilikka aylanadi!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy sharoit, xavfsiz jamiyat

Sariosiyo tumanida Ichki ishlar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga...

Har qarich yer baraka

Jarqo‘rg‘on dehqonlari fidokor mehnati natijasida kartoshka hosilida rekord ko‘rsatkichlarga...

Kelajak kodlarda…

Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI...

Kuchlar birlashtiriladi

Yoshlar siyosatiga berilayotgan yuksak e’tibor amalda yana bir bor...
KunTun
KunTun