Muammo o‘rganilib, chora belgilandi

Date:

Suv zarurat. O‘zimiz, atrof-muhit, tiriklik uchun suv kerak. Afsuski, Jarqo‘rg‘on tumanida qator hududlardagi paxta maydonlari suv yetishmovchiligi sababli chanqab qolgan. Bu hosilga, unumdorlikka ta’sir qilishi turgan gap. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Jarqo‘rg‘on tuman prokurori K.To‘raqulov tumandagi Surxon suv taqsimlash inshootida bo‘ldi.

Tashrif davomida tuman hududida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklariga sug‘oruv suvi taqsimoti holati o‘rganildi. Mavjud muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Tuman prokurori suv taqsimoti jarayonida adolat, samaradorlik va o‘z vaqtida yetkazib berish tamoyillariga qat’iy rioya etilishi lozimligini ta’kidlab, paxta hosilini saqlab qolish va fermerlarning mehnatini qadrlash – muhim vazifa ekanligini alohida qayd etdi. Tegishli tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan bu kabi monitoring ishlari kelgusida sug‘orish tizimlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun