Taʼtil maroqli oʻtmoqda

Date:

Yozgi taʼtil faslida bolalarning maroqli dam olishi, salomatligini mustahkamlashi va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Boysun tumanida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 75 nafar bola yozgi dam olish oromgohiga yuborildi.

Mazkur safarga ijtimoiy ko‘makka muhtoj, kam taʼminlangan oila farzandlari hamda davlat muassasalari xodimlarining farzandlari qamrab olindi. Ular go‘zal tabiati bilan mashhur Sherobod tumanidagi “Beshbuloq-Surxon-Sherobod” oromgohida maroqli va mazmunli dam olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ushbu tashabbus orqali bolajonlarga quvonch ulashish, ularning yozgi taʼtilini esda qolarli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun