Bozorlar xizmatga shay

Date:

2024-yil 23-dekabr kuni Denov tumanida sharoiti talab darajasiga javob bermaydigan qurilish materiallari va mol bozorlari o‘rnida zamonaviy savdo majmualarini barpo etishga start berilgan edi. Ayni kunlarda ushbu loyiha doirasida tumanning “Qizilsuv” daryosi bo‘yida qayta qurilgan va zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan “Denov chorva bozori”, “Denov taxta bozori” hamda “Denov temirchilar bozori” foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, tuman faollari va nuroniylari, mutasaddi rahbarlar, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda ilgari oddiy sharoitlar ham mavjud bo‘lmagan, antisanitariya holatida bo‘lgan bozorlar o‘rnida zamonaviy savdo komplekslari barpo etilishi hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, ushbu hududda joylashgan temirchilik hamda boshqa savdo nuqtalarini tashkil etish ishlariga start berildi. Loyiha qisqa muddatda va yuqori sifatda amalga oshirilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun