Oppoq-oppoq…

Date:

Bahor oqshomlaridan biri.

Kuchli yomg‘irdan keyin bulutlar orasidan chiqqan oy qishloq ko‘chalarini g‘ira-shira yoritadi. Son-sanoqsiz ko‘lmakchalar bilan qoplangan shag‘alli yo‘ldan ikki ayol imillab odimlaydi.

— Voy, aya oyog‘imga suv kirdi. — iymanibgina gap qotdi kelin.

 — O‘lsina, aylanay sizdana, kuntalashda shunday bo‘ladi o‘zi. Tosh bilan suvni farqiga borib bo‘lmaydi. Oppoq-oppoq joydan yuruvring. Toshni usti oqargan bo‘ladi, kelinjon.

Xola shunday deya o‘zicha yo‘l boshlaydi.

 “Oppoq-oppoq joydan yuruvring”.

 Shu gapni qaytara-qaytara oldinga odimlaydi.

 — Haa, men bilaman-da kelinjon, oppoq-op…. voy, voy, voy men o‘lay.

To‘xtashdi. Ko‘lmak suvi “bilimdon” xolaning kovushlarini ko‘mib turardi.

Ozgina jimlikdan keyin qaynona kelin bir-biriga qarab kulib yuborishdi.

 Jasur Maxammadiyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun