Huquqbuzarlik fosh etildi

Date:

 “Surxon” davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan reyd chog‘ida hududda qurol bilan  harakatlanayotgan uch nafar fuqaro shubha uyg‘otadi, ularning harakati zimdan kuzatiladi. Ular toshloq va tik qiyaliklarda harakatlanayotgan bo‘lishiga qaramay, masofadan binokl va mobil vositalar yordamida nazoratga olinib, harakati hujjatlashtirilib boriladi.

Shubhali shaxslar to‘xtab dam olayotgan hududga yetib borilganida, aynan o‘sha vaqtda O‘zbekiston Qizil kitobiga Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish Ittifoqining CITESning “Qizil” ro‘yxatiga kiritilgan kam uchrovchi ikki bosh burama shoxli echki-morxo‘r ovlanib, so‘yilayotganligi aniqlandi.

Shaxslar voqea joyida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. So‘yilgan hayvon qoldiqlari Termiz davlat universiteti qoshidagi “Sud-Zoologik ekspertizadan o‘tkazilganda bir va uch yosh atrofidagi erkak va urg‘ochi morxo‘r ekanligi  tasdiqlandi. 

Mazkur  holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar  qonuniy tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Hozirda holat bo‘yicha tergovgacha bo‘lgan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...
KunTun
KunTun