Doktorantimiz xalqaro ekspeditsiya tarkibida

Date:

Termiz davlat universiteti arxeologiya yo‘nalishi doktoranti Jasur Turdiyev Tojikiston Milliy muzeyi, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Etnologiya va antropologiya instituti hamkorligidagi xalqaro ekspeditsiyada ishtirok etayotir.

Tadqiqotlar Tojikistonning “Sari Mayn” nomli  qabriston hududida olib borilmoqda. Bu yerda V–VIII asrlarga oid 30 ga yaqin odam skeletlari topilgan. Ahamiyatli jihati shundaki, topilmalarning aksariyati mumiyalangan bo‘lib, ideal holatda saqlangan.

Antropologlar tomonidan qoldiqlarning yoshi, jinsi, kasallik belgilari aniqlanmoqda. Ushbu tadqiqotlar nafaqat Tojikiston, balki butun O‘rta Osiyo hududining qadimgi aholisi, ularning etnik kelib chiqishi va salomatlik holati haqida muhim ma’lumotlar berishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun