Tarixdan chiqarib xulosa…

Date:

Tarix — insoniyat sivilizatsiyasining buyuk yutuqlari-yu achchiq xatolari, qadimiy jamiyatlarning gullab yashnashi va inqirozga yuz tutishi, buyuk shaxslarning jasoratlari-yu yo‘l qo‘yilgan adashishlar haqida boy ma’lumotlar manbayi hisoblanadi.Bu ma’lumotlar nafaqat o‘tmishni tushunishimizga yordam beradi, bugungi qarorlarimiz va kelajagimizni shakllantirishimiz uchun qimmatli saboq bo‘lib xizmat qiladi. Ularni o‘rganish orqali ba’zi xatolardan ikkinchi bor saqlanishimiz mumkin.
Ma’naviy tarbiya esa bu inson shaxsini ma’nan boyitish, unda yuksak axloqiy fazilatlarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirishga qaratilgan uzluksiz jarayondir. Bu jarayon insonning butun hayoti davomida, oiladan boshlab, ta’lim muassasalari va jamiyatda davom etadi.
Tarix fani esa yoshlarni ana shunday yuksak qadriyatlarga yo‘naltiruvchi eng kuchli tarbiyaviy vositalardan biridir. Tarixiy saboqlar orqali o‘quvchi va talabalar o‘zligini anglaydi, milliy g‘urur, vatanparvarlik, ezgulik, sadoqat, sabr-toqat kabi fazilatlarni o‘zlashtiradi.
Misol uchun, darslarimda Amir Temur siymosini o‘rganish jarayonida faqat yurishlar yoki davlatchilik asoslarini emas, balki Sohibqironning adolat, tafakkur va fidoyilik tamoyillarini yoritishga harakat qilaman. Chunki yosh avlodga ibrat kerak, ular o‘ziga yaqin, tushunarli va hayotiy saboqlarga ehtiyoj sezadi.
Talabalarimdan biri darsdan so‘ng shunday dedi: “Ustoz, tarixdagi shaxslar hayoti menga kuch beradi. Men ham ular kabi o‘z xalqim uchun foydali inson bo‘lishni istayman”.
Bu so‘zlar meni yanada ruhlantiradi. Chunki biz o‘qituvchilar tarix saboqlari orqali qalblarga yo‘l topayotganimizni, ma’naviyatni singdirayotganimizni anglaymiz.

Muhammad Rahmonov,
TerDU o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun