Geografik obyektlarni nomlash ishlari amalga oshirilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida ko‘chalarni xatlovdan o‘tkazish, nomsiz ko‘chalarni aniqlash va ularga nom berish ishlari davom etmoqda. Viloyatdagi 15 ta tuman va shaharning 12 tasi to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Nomsiz ko‘chalar bo‘yicha takliflar yuqori turuvchi organlarga taqdim etilgan. Qolgan 3 ta tumanda xatlov ishlari olib borilmoqda. Ayni vaqtga kelib, xatlov jarayonida viloyat bo‘yicha 724 ta mahalla va 19 819 ta ko‘cha qayd etilgan. Ulardan 3 784 ta tor ko‘cha, 6 936 ta berk ko‘cha, 9 083 ta oddiy ko‘cha va 16 ta shoh ko‘chalar aniqlangan.

Shu kungacha Termiz shahrida 813 ta, Boysun tumanida 205 ta, Sherobod tumanida 664 ta va Oltinsoy tumanida 981 ta nomsiz ko‘chalar aniqlanib, ularga nom berilib, davlat ekspertizasidan o‘tkazilib, davlat reyestr bazasiga kiritildi. Mahallalar soni bo‘yicha Denov tumani 98 ta, Bandixon tumanida 22 ta mahalla mavjud. Ko‘chalar soni bo‘yicha esa Sho‘rchi tumani yetakchi, unda 2 593 ta, Termiz shahrida esa eng kami — 1 054 ta ko‘cha.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tafakkurning tirik tizimi

Globallashuv va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda har...

Eng kuchli himoya

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi nafaqat davlat siyosatining...

Termiz chorrahasida: turizm va xavfsizlik

So‘nggi yillarda Surxondaryo viloyati, xususan Termiz shahri nafaqat tarixiy-madaniy...

Sud: shakldan mazmunga…

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari mazmun-mohiyati jihatidan...
KunTun
KunTun