Farzand cho‘g‘, ota-ona shamol

Date:

Inson yashar ekan, doimo yaxshi yashash, o‘zidan yaxshi nom qoldirishni xohlaydi. Siz tarbiya qilayotgan farzand sizning nomingizni, avlodingizning davomchisidir. Shunday ekan, jamiyatni aqlli, tarbiyali, atrofga foydasi tegadigan insonlar bilan boyitish bu barchamizning vazifamizdir. Shu vazifamiz sababli biz ota-onalik nomiga munosib deb topilamiz.
Har bir ota-ona farzandining baxti kelajagi ertangi kunini o‘ylab hamisha yaxshi tilaklar, orzu-intilishlar va maqsadlar bilan yashaydi. Oilada farzandlarni ma’naviy-ma’rifiy, yuksak barkamol etib voyaga yetkazishda pedagogik-psixologik tarbiyaning ahamiyati, o‘rni beqiyos. Bola 14 yoshgacha ota-onadan quvvat oladi. Shu yoshgacha tanqid va aybdorlik hissini o‘rniga mehr bergan bo‘lsangiz, bu albatta, qaytadi. Inson o‘zidan oshib-toshib ketgan narsanigina beminnat bera oladi. Siz ham o‘zingizdagi mehrni berayotgan bo‘lsangiz, bola ham shunday qiladi, sizni o‘zingizga mehr yetmayotgan bo‘lsa, boladan ijobiy xulq-atvorni va mehrni kutmang. Bolaga do‘stona munosabatda bo‘linsa, u dunyo yaxshi yashash uchun yaxshi maskan ekanligini anglaydi.
Al Farobiy o‘smirlik yoshidagi farzandni cho‘g‘ga, ota-onani esa shamolga qiyoslaydi. Agar cho‘g‘ga shamol to‘g‘ri va o‘z vaqtida yo‘naltirilishi juda muhimdir. Agar shamol haddan ko‘p yuborilsa, cho‘g‘ alanga bo‘lib, olovga aylanadi. Agar yetarli berilmasa u so‘nib, qaytib yonmaydi. Shuning uchun ota-ona doimo oltin o‘rtalikni topa olishi muhimdir. Shu o‘rtalik bolani haqiqiy ulg‘ayish maskani bo‘lmog‘i lozim. Ming afsuski, yurtimizda barcha ota-onalarda ham bu kabi ilmlar yetarli emas. Ular farzandlar bilan kerakli muloqotni o‘rnatishda yetarlicha malaka bilan qurollanishmagan. Bularning barchasi jamiyatimizdagi kamchiliklar desak adashmagan bo‘lamiz.
Bu kamchiliklarni bartaraf etsak, albatta, ijobiy natijalarga erishamiz. Yoshlar bizning kelajagimiz ularning ta’lim olishi, kasb egallashlariga ko‘mak berish bizning vazifamizdir. Shunday ekan, avvalo, inson o‘z kamchiliklarini tuzatishi, har bir vaziyatdan o‘ziga kerakli xulosa olishi lozim.

O‘ral Qulmo‘minov,
Sherobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzunlik polvon misrda kuchini ko‘rsatdi

Bugungi kunda parasport turlari bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari barchamiz...

“Kitob o‘qib kam bo‘lmadik, yuksaldik, o‘sdik”

Oila — insonning birinchi maktabi, kitob esa bu maktabning...

BOBOTOG‘DAY BO‘LDI XIRMONLAR…

Viloyatimiz paxtakorlari yurtimiz agrar sohasida navbatdagi yirik yutuqqa erishdi...

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur ISMOILOVning voha ahliga MUROJAATI

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli...
KunTun
KunTun