Xolis va tezkor, angorlik ilg‘or…

Date:

Axborot xizmatlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan buyon sohalardagi ijobiy o‘zgarishlarni payqash qiyin emas. Ma’lumot olishda, keng jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatishda, muammolarga munosib yechim topilishi bilan bir qatorda tashkilot imiji, erishilgan yutuq va natijalar yanada yorqinroq ko‘zga tashlanadigan bo‘ldi.
Ma’lumki, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan har yili “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferensiya tashkil etish an’ana tusini olgan. Joriy yilda beshinchi bor o‘tkazilayotgan konferensiya doirasida “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan tegishli band ijrosini ta’minlash maqsadida AOKA tomonidan axborot xizmatlari o‘rtasida e’lon qilingan “Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovining uchinchi bosqichi sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda ikki guruh: respublika bosqichiga yetib kelgan davlat organlari va hokimliklar hamda hududiy tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari beshta shart bo‘yicha bellashdilar. Albatta, har bir shart ishtirokchilarning faoliyatiga munosib baho berishga xizmat qildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Angor tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Gavhar Jumayeva tanlovning hududiy axborot xizmatlari yo‘nalishida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yaxshi ma’lumki, Gavhar Jumayeva tuman hokimligidagi faoliyati davomida tezkorlik, ochiqlik, oshkoralik prinsiplariga amal qilgan holda ma’lumotlarni yetkazishga harakat qiladi. Respublika darajasidagi ushbu e’tibor va rag‘bat esa vohadoshimizni yanada ruhlantirishi, kelgusidagi faoliyatiga yangidan yangi sahifalarni ochishiga xizmat qilishi aniq. Viloyatimizdagi yosh kadrlar esa Gavhar Jumayevaga munosib izdosh bo‘lish uchun mehnat qilishdan, o‘z ustida ishlashdan to‘xtashmasa, natijalar ana shunday “besh” bo‘ladi.

“Surxon tongi”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun