Bir maqsad, bir g‘oya ostida…

Date:

Respublikamiz shahar-u qishloqlarida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yurtimiz yoshlari uchun katta bayram — “Yoshlar festivali” o‘tkazildi. Festival doirasida tanlovlar, musobaqalar, ko‘rgazma-yu tadbirlar tashkil etildi. Haqiqatan ham, festival yoshlarni bir maqsad, bir g‘oya ostida birlashtirib, ularning iqtidor va mahoratlarini ro‘yobga chiqara oldi. Yoshlar oyligi davomida tashkil etilgan turli sport, madaniy tadbirlarda faol ishtirok etganlar, musobaqalarda qizg‘in va shijoatkor bahsga kirishganlarning “Yoshlar kuni”da taqdirlanishi esa nur ustiga nur bo‘ldi.
Muhimi, o‘tkazilgan har bir tadbir yosh avlodni uyg‘oq fikrlashga, faollikka chorladi. Vaqtini mazmunli o‘tkazib, do‘stlar, yaqinlar davrasida xursandchilik qilish, foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish imkonini berdi. Ayni faol yoshlarning harakatlaridagi jo‘shqinlik, ko‘zlaridagi ishonch va quvonchni kuzata turib, kelajakdan ulkan umidlar qila boshlaysiz. Ha, bugungi kun, davr-u davron yoshlarniki, berilayotgan imkon, imtiyoz ularniki. Shunday ekan, ular qo‘lni qo‘lga berib, katta-katta maqsadlar bilan odimlashmoqda.
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da tashkil etilgan Davlat xavfsizligi xizmati kubogining shaxmat musobaqasi ham yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Mahorat bilan dona surgan yoshlarni bir nuqtaga jamlagan manzilda bellashuv qizg‘in kechdi. Soniyalar mahoratli shaxmatchilar foydasiga ishladi va g‘oliblik sari ildamlashga chorladi. “Aql gimnastikasi”da havaskorlar mahoratlilar oldida mot bo‘ldi. Tanlov tajriba almashish, yetarlicha xulosa chiqarish imkonini ham berdi. Sariosiyolik Narzullo Xudoynazarov barcha raqiblarini yengib, 1-o‘rinni egalladi.
Musobaqalar taassurotlarga boy bo‘ldi. Bir yoqda yosh shaxmatchilar g‘oliblik uchun shaxmat donalarini surgan bo‘lishsa, DXX stadionida Davlat xavfsizligi xizmati kubogining qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida minifutbol musobaqalari ham qizg‘in tus oldi. Qizlar ham o‘g‘il bolalardan qolishmay, yashil maydonda to‘p surdilar. Shiddatli onlar, jamoaviy hamkorlik va mohirlik g‘alaba sari eltdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida Termiz shahrining “Nurli kelajak” mahallasi jamoasi, qiz bolalar o‘rtasida esa Boysun tumanining “Dashtig‘oz” mahallasi qizlari birinchi bo‘ldi.
Termiz shahridagi Alpomish o‘yingohida esa futbolsevar yoshlarning vaqti mazmunli o‘tdi. Davlat xavfsizligi xizmati kubogi uchun kechgan bahslarda harakatlar zoye ketmadi. Murosasiz o‘yinda Termiz shahrining “Baynalminal” mahallasi yoshlari jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqalar g‘oliblari shu kunning o‘zida festival doirasida tashkil etilgan gala konsert davomida munosib taqdirlandi va “Davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i kubogi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun