Sog‘lom turmush tarzi — jamiyat barqarorligining muhim omili

Date:

Jamiyat taraqqiyotining asosiy subyekti hisoblanadigan yoshlarda sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Yurtimiz kelajagi bulmish yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Bugungi kunda yoshlarning ong-shuurini, tafakkurini to‘g‘ri shakllantirish, jismonan va ruhan sog‘lom tarbiyalash har qachongidan ham dolzarbdir. Mamlakatimiz kelajagi uchun kuchli avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazishda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati katta.

Salomatlik nafaqat bir insonning, balki butun jamiyatning bebaho boyligi. Sog‘lomlik bu inson organizmining nafaqat kasallik yoki nukqsonlardan xoliligini, balki uning to‘liq jismoniy, ruhiy to‘kisligini bildiradi. Albatta sog‘lomlik tushunchasi nafaqat jismoniy holatga, balki insonga xos hayotning barcha jabhalariga tegishlidir.

Sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda tibbiyot xodimlari zimmasida ham katta mas’uliyat mavjud. O‘z navbatida, bu masala yechimini to‘g‘ri hal qilishda yoshlarimiz oldiga bir qator talablar qo‘yiladi. Jumladan:

– reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish;

– turmush qurishga tayyorlanayotgan yigit-qizlar sog‘lom, jinsiy hayot gigiyenasi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishi;

– jamoa va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish;

– jismoniy faollik;

– kun tartibiga rioya qilish;

– zararli odatlardan tiyilish;

– to‘g‘ri ovqatlanish;

– o‘zaro munosabatlarni yaxshilash;

– ruhiy xotirjamlik;

– tibbiy madaniyat kabilar, ayniqsa, e’tibor talab etadigan masalalardir.

Afsuski, sog‘lom turmush tarzini izdan chiqaradigan sabablar ham yo‘q

emas.

– irsiy kasalliklarga sababchi bo‘ladigan yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikoh;

– yoshlar orasida erta nikoh qurish, qizlarni psixofiziologik jihatdan to‘liq shakllanmasdan oila qurishi;

– dori-darmonlarning noto‘g‘ri qo‘llanishi, gigiyenik qoidalarga rioya qilmaslik, zararli odatlarga ruju qo‘yish kabilar shular jumlasidandir.

Turmush ostonasida turgan yoshlar tabiiyki turmush qurishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari belgilab qo‘yilgan. Bu eng avvalo, har ikki yoshdagi irsiy kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarga, birinchi navbatda, endogamik (yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi) nikohlar kiradi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilmaydigan ya’ni zararli odatlar (muntazam spirtli ichimliklar iste’mol qilish, tamaki chekish, giyohvandlik)ga ruju qo‘ygan oilalarda tug‘ma nuqsonli, aqli zaif farzandlar dunyoga kelish ehtimoli yuqori. Bu kabi omillar yosh oilalar orasida ajralishlarning ko‘payishiga, reproduktiv salomatlikning zaiflashuviga, bepushtlik kabi noxushliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Qolaversa, yosh avlodni ruhan va jismonan barkamol qilib tarbiyalashga to‘siq bo‘ladigan ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarishi tabiiy.

Zero, sog‘lom va mustahkam oila jamiyatga jismonan va aqlan yetuk yosh avlodni yetkazib beradi.

Yarkin Daniyeva,

TerDu dotsenti 

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun