Eldor Shomurodov Jarqoʻrgʻonda

Date:

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi sardori, Italiyaning nufuzli “Roma” klubi hujumchisi, yurtimiz faxri — Eldor Shomurodov o‘z vatani – Jarqo‘rg‘onga tashrif buyurdi. Tuman markazidagi “Paxtakor” o‘yingohida tashkil etilgan tantanali kutib olish tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Tadbirni Jarqo‘rg‘on tumani hokimi Elmurod Avazov ochib berdi. Tadbir doirasida Eldor Shomurodov yosh futbolchilar bilan uchrashib, o‘z hayoti va sportdagi tajribalari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, muxlislar bilan ochiq suhbat, esdalik suratga tushish va sportchilar bilan muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qatnashgan yoshlar, ota-onalar va futbol ishqibozlari ushbu uchrashuvdan chuqur taassurotlar olib, Eldor Shomurodovdek fidoyi sportchilar borligidan faxrlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun