Yashil hududlar suv bilan ta’minlanadi

Date:

Maʼlumki, viloyatimiz boʻylab hududlarda tanlab olingan og‘ir toifadagi mahallalarda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, tomorqadan samarali foydalanish uchun sharoit yaratish orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dastur amalga oshirilmoqda. Xususan, ushbu dastur doirasida Termiz tumanida 4 ta – “Uchqizil”, “Bunyodkor”, “Kelajak” va “Yangiyer” mahallalarida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Termiz tumani hokimligi va tegishli organlar tashabbusi bilan “Uchqizil” mahallasi aholisi tomorqalari va hududdagi yashil maydonlarni suv bilan ta’minlovchi nasos stansiyasini yangilash loyihasi doirasida yangi transformator punkti barpo etilib, suv tortish nasosi o‘rnatilmoqda.

Mazkur tadbirlar uchun mablag‘lar ajratilib, hozirda quvurlarni o‘rnatish, transformator punktini tarmoqqa ulash, nasosni o‘rnatish ishlari ketyapti. Tez kunlarda suv yetkazib berish boshlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun