Xotin-qizlar qoʻllab-quvvatlov va gʻamxoʻrlikda

Date:

Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash va munosib turmush sharoiti yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyatida ham og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 141 nafar xotin-qizning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, jumladan, 28 ta oila uchun yangi uy-joylar qurish, 113 ta oilaning mavjud turar joylarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumaniga tashrif buyurib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Dastlab, tumanning “Buyuk Ipak yo‘li” mahallasida ishsiz xotin-qizlarni bandlikka jalb etish maqsadida tashkil etilgan “To‘yona xayir baraka” oilaviy korxonasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Bu yerda sarpo va ko‘rpa-to‘shaklar ishlab chiqariladi. Shunday loyihalarni kengaytirish va har bir mahallada joriy etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng, “Majnuntol” mahallasida og‘ir sharoitda yashovchi xotin-qizning ta’mirlanayotgan uyiga tashrif buyurildi. Oilaning mehnatga layoqatli farzandlarini hududdagi to‘qimachilik korxonasiga ishga joylashtirish, uy bekasi uchun savdo do‘koni ochish va boshqa zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Boysun tumanida ham manzilli ro‘yxatga kiritilgan, turar joyi ta’mirlanayotgan oila holati o‘rganilib, bu oilaga ham zarur amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun