Iqtidorlar Samarqandda jam

Date:

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlarining respublika bosqichlari Samarqand shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.
Shu munosabat bilan Samarqand temiryo‘l vokzalida tanlovlar ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi. Surxondaryo viloyati sharafini “Turon maktab teatri” tanlovida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 10-maktab, “Iqtidor maktab ansambli” tanlovida esa Denov tumanidagi 27-maktab jamoasi himoya qiladi.
Tanlovlarning respublika bosqichiga start berilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ushbu bahslarda ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Joriy yil ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda maktablarning 6-11 sinf o‘quvchilaridan (8 nafar) iborat jamoalar ishtirok etmoqda.
O‘quvchi-yoshlarning teatr sanʼati hamda milliy cholg‘u san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiluvchi mazkur tanlovda 6-10 sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Tanlovlar g’oliblari xorijiy davlatga taʼlim sayohatiga yuboriladi. 2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar esa maxsus sovgʻa (interaktiv doska)lar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.
Tanlovlar 19-iyunga qadar davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun