Kitobga mehrimiz oshsa, bas

Date:

Kutubxona — faqat kitoblar jamlanmasi saqlanadigan joy bo‘lib qolmasdan, insonlarning bilim olish, dunyoqarashini kengaytirish va intellektual rivojlanishlari uchun juda muhim o‘rin tutishi lozim. O‘qish madaniyati esa o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan munosabatini, kitoblarni qanday tanlashini va o‘qish jarayonini qanday tashkil etishini anglatadi. Kutubxona va o‘qish madaniyati bir-birini mustahkamlovchi jarayonlardir va bu mavzuni chuqurroq o‘rganish jamiyat uchun muhimdir.
Kutubxonachi esa zarur kitoblarni taqdim etadi, balki o‘quvchilarga to‘g‘ri kitob tanlashda, o‘qish uchun zarur vositalar bilan tanishtirishda yordam beradi. O‘quvchilarga o‘qishning turli yo‘llarini ko‘rsatib, kitoblarni sevishga undaydi. Yoshlarga o‘qishning qiziqarli va foydali tomonlarini tushuntirib, kitoblar bo‘yicha tavsiyalar, o‘qish klubini tashkil etish, o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazish orqali o‘qishga qiziqishni oshirish mumkin.
O‘quvchilarni mutolaaga qiziqtirishning yana bir yo‘li — turli tadbirlar, mashg‘ulotlar o‘tkazishdir. Masalan, o‘qish musobaqalari, kitob klublari, yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar va seminarlar o‘quvchilarni qiziqtiradi. Ushbu tadbirlar nafaqat o‘quvchilarni kitoblar bilan tanishtiradi, balki ularning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi.

Z. Chorshanbiyeva

Oldingi sahifaBozori yurishmadi…
Keyingi sahifaPedagog ayol imiji

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun