Kogeneratsiya usulida…

Date:

Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Maksim Ryjenkov boshchiligidagi delegatsiya Termiz shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamrohlik qildi.

Martabali mehmonlarni “Termiz” xalqaro aeroportida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tantanali tarzda kutib oldi. Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston va Afg‘onistonni Amudaryo orqali bog‘lovchi “Hayraton” ko‘prigi hamda Termiz xalqaro savdo markazi faoliyati bilan tanishishdi.

Tashrif doirasida Surxondaryo viloyati hokimligida Polsha Respublikasining Podkarpat voyevodligi marshalining birinchi o‘rinbosari Karol Ojog boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda O‘zbekistonning Polshadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Amirsaid Ag‘zamxo‘jayev ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida ko‘mirni qayta ishlash orqali kogeneratsiya usulida elektr energiyasi va sintetik gaz, shuningdek, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, to‘qimachilik, issiqxonachilik, vinochilik, ta’lim, turizm va geologiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida loyihalarni keng formatda muhokama qilish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun