Faoliyati raqamlashtiriladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan onlayn qabuldan so‘ng, Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Westminster” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazda asosan o‘quvchi-yoshlar xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitilmoqda.

Viloyat rahbari ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni va tadbirkorning kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdi. Markaz faoliyatini kengaytirish, fan va kasb kurslari turini oshirish hamda yangi ta’lim loyihalarini amalga oshirish vazifalari belgilab olindi.

Shundan so‘ng, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari faoliyati o‘rganildi. Uchrashuv chog‘ida mavjud sharoitlar, xodimlarning mehnat samaradorligi va xizmat faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Ish samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash hamda faoliyatni raqamlashtirish maqsadida xodimlarni planshetlar bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun