Volksvagen — o‘zimizda ishlab chiqariladi

Date:

O‘zbekiston bozori — ayni paytda o‘sishda davom etayotgan va avtomobilsozlik sohasida katta salohiyatga ega mintaqalardan biri. Mamlakatda aholi soni o‘sib bormoqda, daromadlar ortmoqda. Bu esa ishonchli avtomobillarga ehtiyojni keskin oshirmoqda.

Ayni ehtiyojdan kelib chiqib, Volksvagen va “O‘zavtosanoat” kompaniyalari O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni boshlash bo‘yicha hamkorlik qiladi. Shu hafta imzolangan strategik bitimga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayoni “O‘zavtosanoat” tarkibidagi Alyans Auto zavodida amalga oshiriladi.

Bitimga ko‘ra, ishlab chiqarish SKD (yirik birliklarni yig‘ish) shaklida yo‘lga qo‘yiladi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, komponentlar Xitoydan olib kelinadi. Volksvagen aynan Xitoydagi ishlab chiqarish bazasi orqali O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatmoqchi — bu logistika xarajatlarini kamaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.

Volksvagenning portfeli O‘zbekiston iste’molchilari uchun to‘liq moslashtirilgan. Bizda sakkiz xil model bor — zamonaviy sedanlardan tortib keng yo‘ltanlamaslargacha. Aynan bu mashinalar o‘zbek xaridorlari qidirayotgan avtomobillardir,” — deya qayd etdi kompaniya vakili.

Shartnoma doirasida faqat avtomobillarni yig‘ish emas, balki texnologiyalarni transfer qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va eksport imkoniyatlarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Seriyali ishlab chiqarishni 2025-yilning to‘rtinchi choragida boshlash rejalashtirilgan. Bu loyiha, shuningdek, yurt ichidagi avtomobilsozlik sanoatini modernizatsiya qilish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va raqobatbardosh avtomobillarni eksport qilish imkoniyatini oshirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun