Amal ezgu bo‘lsin

Date:

Bugun mashhur insonlar tashrifidan quvonib, ularning so‘zlariga, ijodiga quloq tutib, miriqib tomoshaga berilganlarning quvonchi cheksiz. Ularning san’ati, aytayotgan har bir so‘zlari va chaqiriqlari esa kishini ezgulikka, ma’rifatga, san’atga oshno etadi, ma’naviy hordiq ulashadi.

Qumqo‘rg‘on tumani nogironligi bo‘lgan bolalar uchun Muruvvat internat uyida «Yoshlar oyligi» doirasida «Yangi O‘zbekiston yoshlari – kelajak bunyodkori» shiori ostida «Ezgu amal» saxovat tadbiri o‘tkazildi.

Unda Termiz garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, tuman kengashi deputatlari, Qumqo‘rg‘on tumani Nuroniylar jamg‘armasi vakillari, taniqli aktyorlar hamda tuman ma’naviyat bo‘limi xonandalari ishtirok etdi. Har bir chiqish tomoshabinlar qalbidan joy olib, olqishlar bilan o‘z his-tuyg‘ularini namoyon etib turdilar. Mana shunday ezgu amallar ulashuvchi tadbirlar tez-tez tashkil etib turilar ekan, insonlar dunyoda hali ham yaxshi insonlar borligiga, ezgulik, yaxshi amallar yo‘qolmaganiga amin bo‘lib boradilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Dorilar arzonlashadi

Aholi uchun dori-darmonlarning yanada qulay bo‘lishi maqsadida joriy yilning...

Muddat aniq, jazo qat’iy

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari...

Bog‘cha ochsa, imtiyoz bor

Maktabgacha ta’lim qamrovi past bo‘lgan hududlarda xususiy bog‘cha ochayotgan...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan

Surxondaryo viloyatining qulay iqlimi va unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligi...
KunTun
KunTun