Qurilish davom etmoqda

Date:

Angor tumanida aholi, xususan, yoshlar uchun dam olish va sayr qilish imkonini yaratish maqsadida “Yoshlar va turizm” ko‘chasi qurilish ishlari davom etmoqda. Mazkur yo‘nalishda bir qator loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, tadbirkor Dilmurod Sattorov tashabbusi bilan bolalar uchun o‘yingohi, ovqatlanish shoxobchasi va xiyobon qurish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tuman hokimi Qosim Mardonov mazkur loyiha qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishib, loyihaning kelgusidagi ahamiyati haqida fikr almashdi. Ayni paytda mazkur loyiha qurilishida 20 nafardan ortiq mahalliy ishchi faoliyat olib bormoqda.

“Yoshlar va turizm” ko‘chasining barpo etilishi yangi dam olish maskanlari, tadbirkorlik imkoniyatlari va ish o‘rinlarini yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Dinara

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun