Kashtasi jilo sochdi

Date:

Xalqimizda momolarimiz azal-azaldan hunarmandchilik, kashtachilik, zardo‘zchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Kashtachilik – mamlakatimizda amaliy-bezak san’ati turlari orasida o‘zining qadimiy an’analariga ega bo‘lgan ayollar shug‘ullanib kelgan san’at turi hisoblanadi. O‘zbek kashtalarining noyobligi va go‘zalligi, uning bezak-naqshlari va texnik usullarining ko‘pligi va qadimligi ushbu san’atning boy an’analari hisoblanadi.

Takidlash joizki, kashtachilik to‘y marosimlarning ajralmas qismi sanalib, har bir turmushga chiqayotgan qizlar uchun beriladigan “sep”ni o‘z qo‘llari bilan tayyorlashgan. Hozirgi kunga qadar kashtachilik urf-odatlari davom etib kelayotir.

 Shuningdek, Boysun tumanida ham milliy hunarmandchilik va kashtachilik san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan “Kashtalar jilosi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, hunarmandlarga ko‘maklashish va milliy merosni yosh avlodga yetkazish ishlarini keng jamoatchilikka namoyish etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Intizor Yaxshiyeva so‘z olib, kashtachilikning qadimiy san’at sifatida tutgan o‘rni va bugungi kundagi ahamiyati haqida to‘xtaldi. U kashtachilikni san’at darajasiga olib chiqqan momolarimizdan avloddan-avlodga meros bo‘lib kelayotgan  kashtachilik zardo‘zchilik hunarlari butun dunyo sayyohlarini hayratga solayotganini ta’kidladi.

Tadbir so‘ngida faol hunarmandlarga diplom va tashakkurnomalar topshirildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun