Imkoniyatlardan samarali foydalansak…

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanining Ismoiltepa Ziroatshunosi hududida joylashgan “Abdurahmon” fermer xo‘jaligi hududida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda tuman o‘simliklar karantini inspeksiyasi raisi, tuman fermerlar kengashi raisi, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, fermer xo‘jaliklari yetakchilari hamda agrosohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.

O‘quv-amaliy seminar davomida hududdagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanish, takroriy ekin ekish, mahsulot hosildorligini oshirish hamda agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi. So‘zga chiqqanlar ishtirokchilarining savollariga batafsil javob berib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berdi.

Yakunda ishtirokchilar qo‘shimcha imkoniyatlardan oqilona foydalanish orqali hosildorlikni ko‘paytirish borasida o‘z vazifalarini yanada mas’uliyat bilan bajarishlari lozimligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun