Bo‘limlar talabga javob beradi

Date:

Boysun tumanida 2024-yilning 2-mavsumidagi “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman tibbiyot sohasida muhim yangiliklardan biri sifatida, Boysun tuman markaziy kasalxonasi hududida joylashgan qon banki o‘rnida yangidan barpo etilgan Kardiologiya bo‘limi hamda Qon banki bo‘limi qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi hududidagi foydalanilmay kelingan eski kirxona binosi o‘rnida zamonaviy talablarga javob beradigan laboratoriya va ayollar maslahatxonasi binolari ham to‘liq qurib bitkazildi va aholi xizmatiga topshirildi.
Yangi binolarning ochilish marosimida Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov, tuman faxriylari, tibbiyot xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marosimda so‘zga chiqqanlar loyiha ahamiyatini alohida qayd etib, tibbiyot xodimlariga yangi, qulay sharoitlarda samarali faoliyat olib borishlarida muvaffaqiyat tilashdi. Ushbu yangi tibbiy obyektlar tuman aholisini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun