“Gumata” g‘olib

Date:

Termiz davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Munozara” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlaridan bilimli va zukko talabalar ishtirok etdi. Talabalar intellektual o‘yin nizomida belgilangan mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini dadil himoya qildilar.
Munozaralar jarayonida ishtirokchilar nafaqat o‘z nuqtai nazarini asoslab bera oldilar, balki savol-javoblar orqali o‘z bilim doiralarini yanada kengaytirishga erishdilar. Yakuniy baholash natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin — Termiz davlat universitetining “Gumata” jamoasiga nasib etdi. G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur tadbir ishtirokchilar uchun nafaqat o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish, balki tengdoshlari bilan fikr almashish imkonini ham yaratdi.

Oldingi sahifaTanlov
Keyingi sahifaBo‘limlar talabga javob beradi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun