“Qadriyat, urf-odat an’ana va yoshlar”

Date:

Termiz shahrida joylashgan Ro’zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida “Besh tashabbus olimpiada”si doirasida “Yosh musavvir” tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi.

Tanlovda 2 ta 12-17 va 18-30 yosh toifalarida 15 ta tuman va shahardan jami: 30 nafar yosh ishtirok etdi. Berilgan shartlarga koʻra ishtirokchilarga “Qadriyat, urf-odat an’ana va yoshlar” mavzusida ijodiy ish yaratish uchun 3 soat vaqt ajratildi.

Vaqtdan unumli foydalangan yoshlar bor mahoratlarini ishga soldilar. Har bir suratda qadriyatlarimiz, goʻzal irf-odatlarimiz aks etdi. Ayniqsa, ranglar uygʻunligi tasvirni yanada taʼsirchan chiqishiga xizmat qildi.

Yakunda 12-17 yosh toifasida sherobodlik Mavlon Ravshanov, 18-30 yosh toifasida ham Sherobod tumanidan Abdurahim Ochilovlar 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun