Vaqtlari mazmunli o‘tmoqda

Date:

Qo‘shiq aytish yoqadimi, demak xirgoyi qilib turish kerak. Balki surat chizish, qofiyani kelishtirib, ma’noli sartlarni bitishni istarmiz. Iqtidor ana shunday quyilib keladi va vaqtimizni maroqli o‘tishiga xizmat qiladi. Mana shunday ma’no kasb etadigan ish bu bizning ishimiz. Aks holda o‘z joyimizda emasmiz.
Sanʼat esa bizga ana shunday imkonni beradi. O‘zni cheklamasdan, chegaralamasdan qaror qabul qilish esa eng to‘g‘ri yo‘q. O‘z ishimizni, o‘z o‘rnimizni topish uchun esa ana shunday sinovlarda sinashta bo‘lish, ma’naviy ozuqa, estetik ruh oladigan joylarga tashrif buyurib turish lozim. Teatr esa xuddi shunday joy. Teatr – bu nafaqat tomosha maskani, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat dargohidir.


Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sanʼatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tomonidan Termiz shahridagi viloyat Qo‘g‘irchoq teatriga tashrif uyushtirildi.
Mazkur tashabbus doirasida universitetning guruh murabbiylari boshchiligida 100 dan ortiq talaba spektaklni katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Tomosha davomida talabalarda milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun