Tadbirlar manzili — “Chorbog‘”

Date:

Shahar va tuman markazlaridan olis hududlarda ham islohotlar, o‘zgarishlar samarasi birdek sezilishi kerak. Buning uchun mas’ullar imkon darajasida harakat qilishayotir. Chegaraoldi va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda aholining turmush sharoitini yaxshilash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, profilaktik va axborot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish maqsadida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi tadbirlar Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi tashabbusi bilan Sherobod tumani “Chorbog‘” mahallasida o‘tkazildi. Tadbir doirasida mahalladagi tibbiyot maskanida Termiz harbiy gospitalining 10 dan ortiq malakali shifokorlari ishtirokida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Jumladan, 200 nafar fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 27 nafariga 5 nomdagi bepul dori-darmon vositalari tarqatildi.

Bundan tashqari, aholi bilan tushuntirish-targ‘ibot ishlari hamda madaniy hordiq tadbirlari o‘tkazildi. Orkestr va san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari namoyish etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun