Vohamiz shaxmatda ildam

Date:

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, shu jumladan, sportning shaxmat turini ommalashtirish, sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Natijada mamlakatimiz sportchilari xalqaro musobaqalarda tarixiy yutuqlarni qo‘lga kiritib, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga yanada kengroq yoymoqdalar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi oldidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Sport vazirligi va O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi ishtirokida tashkil etilgan shaxmat musobaqasi 3 bosqichda o‘tkazilib, Yangi O‘zbekistonda mehnatkashlar hamda yoshlarning shaxmat bo‘yicha qobiliyatini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi.
Xalqaro Shaxmat Federatsiyasining amaldagi qoidalariga muvofiq o‘tkazilgan musobaqalarning birinchi tuman (shahar) bosqichi mingdan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan 5 ming nafardan ziyod mehnatkashlarni qamrab oldi. Quyi bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan havaskor shaxmatchilardan 28 nafari musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 4 nafari respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Musobaqaning so‘nggi bosqichida 28 nafar ayol va 28 nafar erkak – havaskor shaxmatchilar shveysarcha usulda o‘zaro kuch sinashdilar. O‘ziga xos kombinatsiyalarga boy bo‘lgan har bir bahs yurtdoshlarimizning shaxmatda katta salohiyatga ega ekanliklarini ko‘rsatdi. Nihoyat, hakamlar hay’ati tomonidan musobaqaning respublika bosqichi g‘oliblari to‘plagan ochkolari soniga qarab aniqlandi.
Musoba-qaning respublika bosqichida viloyatimiz vakili Gulshod Turdiqulova 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Abdukarim Ahmedov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun