Bilimga yo‘l ochiq

Date:

Kutubxona — o‘quvchiga yangi bilimlarni o‘zlashtirish va dunyoqarashini boyitish uchun ajralmas manba bo‘lib xizmat qiladi. Kutubxonaga tashrif, nafaqat o‘qish va o‘rganish, balki o‘quvchining yangi fikrlar bilan boyitish va kreativ tafakkurga ega bo‘lishning ajoyib imkoniyatidir.
Kutubxona faqat ilmiy bilimlar olish joyi emas, balki kitobxonning ruhiy o‘sishini ta’minlaydigan muhim muhitdir. Mutolaa orqali inson o‘zining ichki dunyosini anglash, empatiya, tasavvur va analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Badiiy adabiyotlar, tarixiy asarlar yoki falsafiy g‘oyalar kitobxonga yangi hissiyotlarni, o‘ylash usullarini paydo qiladi. Kitobxon kutubxona orqali nafaqat ilmiy, balki ruhiy ma’naviy o‘sishga ham erishadi.
Bugun yoshlarning asosiy vaqti ham mana shunday ilm va ziyo ulashuvchi maskanlarda o‘tayotgani ma’naviyatli, ilmli, iqtidorli va kitobxonlar sonini oshishiga xizmat qilmoqda. Qolaversa, ziyrak o‘quvchi kitob bilan kitobning farqini biladi va munosib tanlov qila olayotgani ham yutug‘imiz aslida. Har bir tashrif — bu o‘z maqsadlariga erishish uchun qilingan bir qadamdir. O‘quvchi bu qadami orqali o‘zini yangi bilimlarga tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Munavvar Qurbongeldiyeva,
Qiziriq Axborot kutubxona markazi xodimi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun