Ahillikda hikmat bor

Date:

Viloyatning markazidan eng chekka hududlargacha katta o‘zgarishlar, rivojlanishlar, ulkan bunyodkorlik ishlariga guvoh bo‘lish mumkin. Shahar-u qishloqlar infratuzilmasi yaxshilanib, qulayliklar yaratilayotgani esa inson qadri-yu manfaati nechog‘lik ulug‘ligidan so‘zlaydi.
Ana shunday sa’y-harakatlarga javoban, vohadoshlarimiz ham bir chetda tomoshabin emas, balki ishtirokchi bo‘lib, obodon-lashtirish, ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissasini qo‘shishga intilayotgani esa islohotlar samarasidir.
Chor atrofimizning tozaligi, sarishtaligi esa ekologik barqarorlikni ta’minlashga, o‘zimiz uchun qulay va sog‘lom muhitni yaratishga xizmat qilayotir.
Erta tongda umumviloyat hashariga start berilgani esa yosh-u keksa — barchani birdamlikka, faollikka chorladi. Davlat va jamoat tashkilotlari, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi idoralar, nuroniylar, faxriylar va keng jamoatchilik vakillari jam bo‘lgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishlarning ahamiyati, aholining faol ishtiroki va hamjihatlik orqali hududlarimiz tobora obod va tarovatli qiyofa kasb etayotganini ta’kidladi.
Albatta, qilingan mehnat, faollik hech qachon e’tiborsiz, e’tirofsiz qolmaydi. Rag‘bat esa insonni ruhlantirib, kelgusida yanada shijoatli bo‘lishga undaydi. Tadbir davomida o‘z mehnati bilan hududlar obodligiga munosib hissa qo‘shayotgan obodonlashtirish sohasi xodimlari ham ana shunday e’tibordan chetda qolmadi, munosib rag‘batlantirilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun