“YANGIARIQ”DA “YANGI HAYOT” XALQ KUTUBXONASI OCHILDI

Date:

Ijtimoiy tarmoqdagi kutubxonalar kanali a’zolari Faxriddin Toʻrayеv va Tohir Sohibovlar kutubxona tashkil etish fikrini hamyurtimiz Murtazo Allamurodovga aytishganida, ustoz bu fikrdan xursand boʻlib, oʻzi tugʻilib oʻsgan “Yangiariq”da kutubxona binosini tashkil etishga tadbirkorlar bilan hamkorlikda bosh-qosh boʻldi.

Buni qarangki, qisqa muddatda kutubxona barpo boʻldi. Kеng va shinam ushbu kutubxonaga Faxriddin va Tohirjonlar tomonidan 2,5 ming donadan koʻproq kitoblar kеltirildi. Shu tariqa Oltinsoy tumanidagi “Yangiariq” mahallasida “Yangi hayot” xalq kutubxonasi  ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda tumani ahli va yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda mahalla oqsoqollari ramziy lеntani qirqishdi. Tadbir ishtirokchilari kutubxona javonlaridan o’rin olgan kitoblar bilan tanishdilar. Kutubxonachi Dilshoda Rahimova 50 million soʻmlik kitoblarning 20 foizini ma’rifiy, 30 foizini badiiy va 50 foizini bolalar adabiyotlari tashkil qilganligini ma’lum qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun