TerDUda “PSIXOLOGIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZI” TASHKIL ETILDI

Date:

Termiz davlat universitetida talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ruhiy barqarorligini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan psixologik xizmatlarni joriy etish maqsadida “Psixologik xizmat ko‘rsatish markazi” tashkil etildi.

Mazkur markaz universitet rektori A.Toshqulov rahbarligida 2025-yil 28-aprel kuni ijtimoiy-ma’naviy muhitga mas’ul bo‘lgan rahbar va mutaxassislar bilan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishning amaliy natijasi sifatida tashkil etildi.

Markaz orqali talabalar va xodimlarga individual va guruhli maslahatlar, profilaktik treninglar, psixologik diagnostika, onlayn maslahatlar, raqamli tezkor yordam xizmatlari kabi keng ko‘lamli faoliyat turlari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, markaz jamoasi tomonidan oilaviy va shaxsiy muammolar, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklar bo‘yicha ham psixologik ko‘mak ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur tashabbus universitetda har tomonlama barkamol va sog‘lom muhitni yaratish, ta’lim sifatini ruhiy qo‘llab-quvvatlash orqali yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun