“Sog‘lom oila – sog‘lom millat uchun birlashaylik”

Date:

Denov tumanida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xotin-qizlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Sog‘lom oila – sog‘lom millat uchun birlashaylik” shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon tashkil etildi.

Ushbu tadbir sog‘lom avlod tarbiyasida ayolning tutgan o‘rni beqiyos ekanini yana bir bor namoyon etdi. Tadbirda turli mahallalardan kelgan faol ayollar, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimalari hamda uy bekalari faol ishtirok etishdi. Ishtirokchilar yoshi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga qarab ikki toifaga bo‘linib bahslashishdi: o‘rta yoshli ayollar va yoshi katta ayollar.

Ishtirokchilar belgilangan masofani velosipedda bosib o‘tishdi. Bahslar sog‘lom raqobat, ijobiy muhit va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. O‘rta yoshli ayollar o‘rtasida Mashhura Xurramova, yoshi katta ayollar toifasida esa Maftuna Botirovalar birinchi boʻlib finish chizigʻiga yetib kelib, gʻolib boʻldilar.

Yakunda barcha g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun