Noqonuniy quduq qazsa, javobgarlik aniq

Date:

Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, yerosti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini, yerosti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yerosti suvlaridan oʻzboshimchalik bilan suv olish, yerosti suvlaridan foydalanish uchun quduqni qonunga xilof ravishda burgʻilash maʼmuriy chora koʻrilishiga sabab boʻladi.
Jumladan, ushbu xatti-harakatni bajargan fuqarolarga BHMning 6 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 250 ming soʻmdan 5 mln 675 ming soʻmgacha), agar huquqbuzar mansabdor shaxs boʻlsa, 15 baravaridan 20 baravarigacha (5 mln 675 ming soʻmdan 7,5 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi. Bundan jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari, shu jumladan, tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno.
Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra esa, yerosti suv manbalaridan suv oʻlchash uskunalarisiz suv olinganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi. Mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xoʻjalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr/kubgacha boʻlgan hajmda yerosti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yangi tartib qonun eʼlon qilinganidan 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Oldingi sahifaIjrosi muhim
Keyingi sahifaBobolar tajribasi ila

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun