Tashabbus odatga aylanadi

Date:

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida erta tongdan yugurish, badantarbiya qilish tavsiya etiladi. Natija bo‘lishi uchun faqat tavsiyaning o‘zi kamlik qiladi. Buni yaxshi bilgan Termiz davlat universiteti rektori talabalar bilan birga universitet stadionida badantarbiya mashg‘ulotlarini bajardilar.
Turgan gapki, har kuni takrorlanadigan bunday tashabbusga qatnashuvchilar safi kengayib boradi va yoshlar hamda pedagoglar uchun bu ertalabgi odatga aylanadi. TTJlarida istiqomat qilayotgan talabalar hamda mahalladagi yoshlar yengil yugurishdan so‘ng, tanani chiniqtiradigan, mushaklar uchun foydali bo‘lgan mashqlarni bajarishdi.
Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan sport oyligi doirasida ortiqcha vaznni yo‘qotish bo‘yicha amaliy harakat boshlandi. Har bir mas’ulning vazni o‘lchandi va kompleks reja asosida mashg‘ulotlarga jalb etiladigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun