Loyiha samarali yortiladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida, Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” qo‘shma loyihasi ikkinchi bosqichi doirasida Surxondaryo viloyatining beshta tumanida jami 60 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida muhim infratuzilmaviy o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu orqali aholiga qulay yashash va ijtimoiy xizmatlardan samarali foydalanish imkoniyatlari yaratiladi. Shu munosabat bilan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Islom taraqqiyot banki hamkorligida Surxondaryo viloyatida loyiha qamroviga kirgan tumanlar hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlari uchun ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Unda loyiha mazmuni va ahamiyati, jarayonlarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda samarali yoritish, fotosuratlarning texnik xususiyatlari, axborot janrlarini to‘g‘ri tanlash va ularni joylashtirish usullari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun