Esdalik medallari topshirildi

Date:

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-fevraldagi PF-32-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-aprel kunidagi 231-sonli qarori asosida Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchilari va urush davridagi mehnat fronti ishtirokchilarini mukofotlash va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi esdalik medallarini topshirish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur marosimda Termiz shahar hokimi O‘. To‘rayev va Janubiy operativ qo‘mondoni P.Sotivoldiyev ishtirok etib, urush qatnashchilari va mehnat fronti ishtirokchilarini chin dildan tabriklab, ularga barcha ezgu tilaklarini bildirdilar. Tantanali tadbirda, urush qatnashchilari va ularning oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqori mukofotlari, medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu tadbir orqali biz nafaqat tarixni yodga oldik, balki bu jasur va fidokor insonlarning xalqimiz uchun qilgan beqiyos xizmatlarini yana bir bor e’tirof etdik. Bugungi kunda, ularning xotirasi va mehnati yuksak qadrlanadi va asrlarga yetib boradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun