Taʼlim kodeksi qabul qilinadi

Date:

“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha boʻlgan Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.Unga Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlim kodeksi loyihasini ishlab chiqish masalasi ham kiritilgan.

Hujjatga koʻra, kodeksi loyihasini ishlab chiqish 2029-yilning may oyigacha etib belgilangan. Mazkur yilning iyun oyida esa loyiha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi. Sentyabr oyiga kelib u Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Adliya vazirliklari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari kodeks loyihasini ishlab chiqishda masʼul tashkilotlar etib belgilangan.

Hujjatda taʼlim olish sohasini tartibga soladigan qonun va qonunosti hujjatlarining tushuncha va normalarini tizimlashtirish, insonning taʼlim olish konstitutsiyaviy huquqini taʼminlashga qaratilgan qoidalarni takomillashtirish, pedagoglar maqomini mustahkamlash, qadr-qimmatini himoya qilish va ularga gʻamxoʻrlik qilish, pedagoglarga imtiyozlar yaratish, ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash hamdataʼlim tashkilotlarida inson huquqi madaniyatiga asoslangan muhitni shakllantirish boʻyicha taʼlim subyektlari va ota-onalar javobgarligini belgilash nazarda tutilishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjat orqali insonning taʼlim olishga oid huquqlarini taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar tizimlashtirilishi va takomillashishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun