O‘zbekiston tarixidan ochiq dars

Date:

Tarix qiziqarli fan. U kecha bilan bugunni bog‘laydi. Bu orqali o‘tmishni, kim bo‘lganimizni anglaymiz. Tarix kitobini varaqlay turib, tarix jonlanadi, qahramonlar tilga kiradi. Xayolimizda esa voqealar, rollar jonlanadi. Sherobod tumanidagi 46-sonli umumta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi tomonidan “Qo‘qon xonligida ta’lim va madaniyat” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Mazmunan boy va interaktiv tarzda tashkil etilgan dars davomida o‘quvchilar uchta guruhga – “Jadidlar”, “Pionerlar” va “Mustaqillik yoshlari” nomlari ostida bo‘lingan holda ishtirok etdilar. Har bir guruh o‘ziga xos yondashuv bilan mavzuni ochib berishga harakat qildi.
Dars jarayonida o‘quvchilar Qo‘qon xonligi davridagi ta’lim tizimi, madaniy rivojlanish, tarixiy shaxslar va ularning ilm-fan sohasidagi hissalari haqida chuqur bilimlarga ega bo‘ldilar. Savol-javoblar, guruhli ishlanmalar va jamoaviy muhokamalar darsni yanada jonli va qiziqarli o‘tkazilishiga xizmat qildi. Bunday ochiq darslar yosh avlodda tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va yurtga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun