Janob Timoti Smart Surxondaryoda

Date:

Davlatimizning Buyuk Britaniya bilan hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib bormoqda. Bu nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda ham faol ravishda kengaymoqda. Ayni aloqalarni davom ettirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Timoti Smartni qabul qildi. Uchrashuvda viloyatning boy tarixiy merosi, iqtisodiy imkoniyatlari va tabiiy salohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya kompaniyalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, Buyuk Britaniya kompaniyalarini Surxondaryo viloyatida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga jalb etish borasida kelishib olindi.
Elchi vohaga tashrifi davomida xalqaro savdo va logistika markazlari, diqqatga sazovor joylar hamda ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy sharoit, xavfsiz jamiyat

Sariosiyo tumanida Ichki ishlar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga...

Har qarich yer baraka

Jarqo‘rg‘on dehqonlari fidokor mehnati natijasida kartoshka hosilida rekord ko‘rsatkichlarga...

Kelajak kodlarda…

Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI...

Kuchlar birlashtiriladi

Yoshlar siyosatiga berilayotgan yuksak e’tibor amalda yana bir bor...
KunTun
KunTun