Bor mehrimiz shu Vatan uchun!

Date:

“Sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida Denov tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Hayrobod” mahallasidagi oilaviy shifokorlik poliklinikasida “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostida ehtiyojmand aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi. Tadbir doirasida malakali tor soha mutaxassislari tomonidan yurak-qon tomir kasalliklari, endokrin tizim, nevrologiya, oftalmologiya va boshqa yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.

Aholining ehtiyojmand qatlamiga mansub fuqarolar, keksa yoshdagilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar va bolalar uchun bepul maslahatlar, tashxislash va zarur davo choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar ro‘yxatga olinib, ularning sog‘lig‘ini nazorat qilish bo‘yicha reja asosida ishlash yo‘lga qo‘yildi.

Tibbiy ko‘riklar davomida fuqarolarga sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va zararli odatlardan voz kechish bo‘yicha ham targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Bu kabi tadbirlar aholining salomatligini yaxshilash bilan birga, jamiyatda sog‘lom avlodni shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va erta tashxislash orqali jiddiy muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun