Qarov yaxshi bo‘lsa…

Date:

Dalalarga allaqachon g‘alla ekilib, ekinlar ko‘kka bo‘y cho‘zgan. Kerakli agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida bajarilib, qarov joyida bo‘lsa, mo‘l hosil olishimiz aniq. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurib, klaster va fermer xo‘jaliklari dalalarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi. Xususan, qo‘shqator va an’anaviy usulda ekilgan g‘o‘zaga ishlov berish, kultivatsiya, zararkunandalarga qarshi kurashish, g‘alla maydonlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududlarda dala chetlaridan samarali foydalanish borasidagi vazifalar ijrosi o‘rganilib, oziq-ovqat mahsulotlari ekilishi bilan ham tanishildi. Tashrif davomida fermerlar bilan muloqot o‘tkazilib, paxta, g‘alla, pilla va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ishlarning samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zinkaning ahvoli qanday?

Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida topib olingan noyob qo‘ng‘ir ayiq...

Shomurodov chempionatda yetakchi

Turkiya Superligasining 16-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Samsunspor” — “Istanbul...

“Kapa yurt” — imkoniyatlari bisyor loyiha

Sherobod tumanida joylashgan "Xo‘jaikon" tuz g‘ori salohiyatidan zamonaviy yondashuvlar...

TEZ TIBBIY YORDAM PODSTANSIYASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Yangi yil arafasida Jarqo‘rg‘on tumani aholisi uchun yana bir...
KunTun
KunTun